Steve Jobs
Steven Paull Jobs yoki Steve Jobs (talaffuzi: Stiv Jobs)(24-fevral 1955-yil; 5-oktabr 2011-yil) — amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham koʻp ishni bajara oladigan, ham oʻziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni koʻpincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan tadbirkor deb atashadi.
Steve Jobs | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Bilim xazinasini va insoniyat tajribasini boyitadigan ixtiro o‘ylab topsang, hech narsaga taqqoslanmaydigan zavqni boshingdan o‘tkazasan.
- Nima qilish lozimligini tushunish muhimdir. Lekin nimani qilish kerak emasligini tushunish ham muhimdir. Kompaniya haqida ham, mahsulot haqida ham shuni aytish mumkin.
- Ko‘pchilik odamlarning ongida dizayn — bu niqob. Lekin mening nazdimda bunday yondashuvning dizaynga umuman aloqasi yo‘q. Dizayn — bu inson ijodining yuragi. U muvaffaqiyatli yaratilsa, buyum qobig‘i orqali uning ichki olamini ko‘rish mumkin.
- Albatta, foyda bu zo‘r, chunki foyda bunday ajoyib mahsulot yaratish imkonini beradi. Biroq asosiysi foyda emas, mahsulot.
- Ayrimlar "Iste’molchilarga ular nimani xohlashsa, shuni berish kerak" deyishadi. Lekin bu mening yondashuvim emas. Bizning ishimiz — iste’molchilardan oldin ularga nima kerakligini topishdir.
- Odamlar ularga o‘zlari xohlagan narsani ko‘rsatmaguninga qadar o‘zlari nima xohlashini bilmaydi.
- Bizning vazifamiz — sahifada yo‘q narsani o‘qishdir.
- Muvaffaqiyat — bu tez buziladigan mahsulotdir.
- Yaxshi natijalarga erishishni xohlasangiz, uning bir yoʻli bor. Qilayotgan ishingizdan zavq olishdir[1].
Manba
tahrirlash- ↑ Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.