Soʻfi Olloyor

Tariqat arbobi va mutasavvuf lirik oʻzbek shoiri

Soʻfi Olloyor (baʼzi manbalarda Ollohyor) (1644-yil, Kattaqoʻrgʻon bekligi Minglar qishlogʻi – 1724-yil, Denov) – tariqat arbobi va mutasavvuf lirik oʻzbek shoiri. Tasavvufning yirik olimlaridan.

Soʻfi Olloyor
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



  • Agar boshi bila choh qazisa banda,
    Koʻzini yoshicha suv topsa anda.
    Va gar qazsa arigʻ kiprik bila mard,
    Agar bir xoʻshai jav qilsa parvard.
    Bu mehnat birla topsang parcha non,
    Kishining minnatidin uldur oson[1].
  • Agar boʻlmasa yoʻl boshlaguchi pir,
    Solur buynunga shayton domi tazvir.
    Ajab yoʻldur tamomi mehnatu ranj,
    Va lekin har qarichda bir nihon ganj[2].
  • Agar chandeki, urnung boʻlsa aflok,
    Quyoshdek oʻp, yurib ruxsorai xok[3].
  • Kel, ey oqil, buyursang aqling ishga,
    Oʻzingdin ketmagil dono demishga.
    Agar bolo chiqib, ketsang oʻzungdin,
    Yiqilgaysan toyib yerga yuzingdin[4].
  • Kishiga bersa kim moli haromiy,
    Umid etsa savob ul mardi omiy.
    Boʻlur kofir umid etgan ul inson
    Bilib olib duo qilgʻon ham ul on[5].
  • Muhabbat ahlining joʻyoni boʻlgil,
    Oʻshalkim ushladi, qurboni boʻlgil.
    Muhabbatsizki boʻldi har qayu zot,
    Agar farzandi shirindur, erur yot[6].
  • Muyassar boʻlsa tillodan senga taxt,
    Oʻzingdan pastga zinhor aytmagil saxt.
    Agar bersa senga jahon sultonligʻi dast,
    Kishi oʻz holini bilmak kerak past.
    Agar rutbang erur aʼloyi ofoq,
    Yiqilgon xastalarni holina boq.
    Takabbur qilmagʻil ey bemaoniy,
    Falonni oʻgʻlidurmen deb faloniy[7][8].
  • Xilof etgan zabunlardin zabundir,
    Bu dunyoyu u dunyosi nagundur.
    Xilof etsang agar aygon soʻzingdin.
    Koʻtar erkaklik otini oʻzingdin.
    Chiqormagʻil ogʻizdin qilmas ishni,
    Qilurman dema qoʻldin kelmas ishni.
    Kerak erman deganni vaʼdasi tuz,
    Agar tuz boʻlmasa andin koʻngil uz…
    Soʻzni buzgon kishi buzmasmu imon,
    Oʻlumsa birla qilma ahdu paymon[9].
  • Xudoyim har ne bersa qil qanoat,
    Yurakni qilma minnatdin jarohat.
    Bu mehnat birla topsang parcha non,
    Kishining minnatidin uldur oson.
    Agar tosh chaynasa eldin chiqib tosh, —
    Kishiga egmagay himmatli qul bosh[10].
  • Yema zarra harom ogushta nondin,
    Boʻlur gohi najas bir qatra qondin[11].

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 23.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 16.
  3. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 66.
  4. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 35.
  5. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 159.
  6. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 83.
  7. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  8. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 10.
  9. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 102.
  10. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 142.
  11. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 175.

Adabiyotlar

tahrirlash