Shuhrat Gʻaniyev
Shuhrat Madaminovich Gʻaniyev (1968-yil 11-sentyabr, Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – 2012—2020-yillarda Fargʻona viloyati hokimi, 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, agrar va oziq-ovqat masalalari boʻyicha kompleks rahbari, 2011-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi[1][2].
Shuhrat Gʻaniyev | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash2018-yil
tahrirlash25-yanvar
tahrirlashHamma narsa meni esimda turibdi. Novokaganskiy zavodni Toshloqdan borib yopgan miting qilib, bu haromilar. Mana, mahalla eshitib oling, men Qamariddin Abdufattohovichga aytdim. Toshloqdan birortasi hajga bormaydi! Miting qilgan ham shular boʻladi, 2005-yilda Haqir degan joyda ichki ishlar xodimlariga tosh otib, quvgan shular boʻladi, shu horomilar. Eshitib qoʻyinglar, toshloqliklar! Yana bechora viloyatliklar 80 million soʻm homiylik qilishga majbur boʻldi. Har biri uchun 5 million soʻmdan. Buni taʼna qilish uchun gapirayotganim yoʻq. Ikkita-uchtadan xotin qilganiyam Toshloqdan, sharʼiy nikoh oʻqib bergan mullasi ham Toshloqdan, xotinlarni qoʻyvorib, bolalar bilan yetim qilib, aliment toʻlamay yurganiyam Toshloqda. Padaringga laʼnat, san toshloqliklarni, bir joying yoʻq boʻp ketgan boʻlsa. …ni yulib olish kerak, Toshloqdagilarni. Hokimdan boshlab, horomilarni. Butun viloyatga sharmanda qilib, respublikaga, viloyatni sharmanda qilgan. Bozorni ustidan yozadiganlaram Toshloqda, bozorda bir-birini eshak mindi oʻynaydiganlaram Toshloqda. Qoʻlingdan kelmasa, hozir chiqib ket zaldan. Hokim boʻlib oʻtirmasdan. Mard boʻlsang, shunday chiqib ket. Viloyat Avtodaryosi, siz ham Toshloqdan chiqqansiz ogʻayni, man bilmayman, mana viloyatda kirakashlar bor-ku, oʻn mingta roʻyxatda turgani bor, boshqasi bor, boshqasi bor. Toshkentga qatnayotgani bor. Tushuntira oldimmi, bular hammasi mashinada ketgan. Poyezdda ham ketmagan, samolyotda ham ketmagan. Bizni „tochka“larimiz bor. Rahmatjon Toshnazarovich GAIni rahbarini qoʻshib beradilar, har bitta stoyankada birga yurib, oʻzi Rossiyaga ketayotgan maʼlum boʻladi. Qoʻlida yuki katta boʻladi[3].
2019-yil
tahrirlash22-may
tahrirlashBekor hazillashyapsan ikkalang. Umring 5 yil, 10 yil qamoqda oʻtadi. Sen MIB boshligʻi boʻlasanmi, boshqa boʻlasanmi, undan nari boʻlasanmi, sen nomardlarni. Bizning odamlarimiz nima boʻladi? Bizning koʻchalarimiz nima boʻladi? Suvimiz nima boʻladi, obod qishlogʻimiz nima boʻladi? Pulni qayerdan olaman?, Xatni yozib berasiz, uka. Biz bu pulni tushirib bera olmaymiz, kechirasiz, bu qoʻlimizdan kelmaydi, deb yozasiz, keyin sizni bezovta qilmaymiz. Oʻzimni bosib turibman. Ichagingni olib, boshingga salla qilib qoʻyish qoʻlimdan keladi, lekin oʻzimni bosib turibman. Men bu ahvolni keng jamoatchilikka ham etkazaman. Sen nomardlar, soliq boshligʻi – Toshkent shahar fuqarosi, MIB boshligʻi – Toshkent shahar fuqarosi. Fargʻonada lavozimga tayinlanib, fargʻonaliklarni botqoqqa botiryapti, deb men senlarni muhokama qilaman, sen imoningga oʻt tushgurlarni. Sen nomardlarni. Ozgina imkoniyat topilsa men senlarni qamataman. Soliq boshligʻiyam, MIB boshligʻiyam javobgar boʻlasan. Xudo degin, may oyi rejasini bajaraylik – 400 million soʻm. Bajarilmasa, ikkalang javobgar boʻlasan, javobgar qilaman, jinoiy javobgarlikka torttiraman. Nimaiki imkoniyat topsam, jinoiy javobgarlikka torttiraman, qanaqa harakat qilib boʻlsayam. Ogohlantirib qoʻyaman ikkalangni. Menga unaqa sotqinlar kerak emas. Bular sotqin. Bular kulyapti biz fargʻonaliklar ustidan. Kulyapti bular. Nomard boʻlmasa 3 milliard 700 million soʻmdan 229 million pul undiradimi? Butun dor tagidan qochganlar yigʻilgan.
29-sentyabr
tahrirlashMandan 5 yosh kichkina ekansiz-ku, dedim. Bu nima kiyim? Nechi kun boʻldi, bu kiyimni kiyganingizga, ishton bilan koʻylakni, dedim. 4 kun boʻldi, dedi. Nima bu kiyinish, ichkari koʻrinib yotibdi-ku. Sizga kirib ukol qilayotgan ayol birovning ayoli, nima haqqingiz bor koʻrsatishga, dedim. Sasib yotibsiz-ku, dedim. Tur, chiqarib haydavor, dedim. Bolnitsadan chiqartirib yubordim. Ustingdan yozaman, palon piston. Yozsang yozavur dedim[4].
Men aytdim, yaxshi qoʻshma korxona ochibsizlar rahmat. Lekin bunaqa soqolni qoʻyib olmanglar. Chet ellik mehmon, lekin bu shu yerda faoliyat yuritib tirikchilik qiladigan boʻlsa, Oʻzbekiston qonunlariga boʻysunishga majbur boʻladi va soqolini olamiz biz. Turkiya respublikasi fuqarosini. Shunday dedimmi?[5].
14-dekabr
tahrirlash– Mana kecha, Quvada, qarzni toʻlab qoʻyishni oʻrniga nima boʻlyapti, Quvada? Kim ekan oʻsha, telefonda gapirgan, oʻsha koʻchaga chiqvolib moshinalar oʻtyapti mana hozir… A, oooov tuman hokimi?
Quva tumani hokimi: – Salomaleykum.
Shuhrat Gʻaniyev: – Salomaleykum. Qani oʻsha?
Quva tumani hokimi: – Shuhrat Madaminovich, aniqlashtir deganingizga aniqlashtirish….
Shuhrat Gʻaniyev: – Aniqlashtirish kerak emas, qachon oʻqiladi uning janozasi?
Quva tumani hokimi: – Chorasini koʻrdik…
Shuhrat Gʻaniyev: – Chora koʻrish emas bu ogʻayni, janozasi oʻqilsa keyin hisob endi uni.
Quva tumani hokimi: – Tushunarli…
Shuhrat Gʻaniyev: – Nima deganing u tushunarli.
Quva tumani hokimi: – Mana reja tuzdik hozir boshlandi…
Shuhrat Gʻaniyev: – Kattaxolangnikiga boshlandimi? A? Ammangni sumalagi boshlandimi? Hosil bayramidan mahrum boʻlding, tamom[6].
2023-yil
tahrirlash3-iyul
tahrirlashHozir Qamashi tumani hokimi, Gʻuzor tumani hokimini chaqirib, idorangizga boring. Koʻkdala tumani hokimini ham chaqirib, ogʻayni, suv boʻyicha javobgar qilasiz. Uchta tuman „vodxozi“ rahbarini ham jinoiy javobgarlikka tortasiz. Hamroyev uchalasiniyam hozir ishdan olib tashlaydi. Hokimini ham jinoiy javobgarlikka tortasiz. Hozir uch nafar hokim oʻrinbosarini ham ishdan olamiz.
Katta xolangning chorvogʻimi bu, Muxtor? Bu nima qilganing? 6200 gektar bosvoribsan. Gapir, Muxtor. Hozir borib oʻlchaymi?
Qarshi tumani 5830 gektar ekib tashlabdi, 3315 ta xonadonga 1100 gektar xonadonga ektirib tashlabdi.
Sen jipiriq, raqamlarni koʻrmaysanmi? Demak, takroriy ekin boʻyicha ishlamayapsan ekan-da, jipiriq?
Hozir borsak, birga yurib, 4900 gektarning hech boʻlmasa 4000 gektarini koʻrsatib berolasanmi?
Yoʻq, eʼtiroz emas, vijdonsiz! Nomard, shunchalik ham aldaysanmi?
Jinni bu. Jinni boʻlsang, sal bir qonuniyroq, fahm-farosati ishlaydigan jinni boʻl, Xatirchida oʻtirgan rahbarlar. Shunaqayam jinni boʻlasanmi? Jinnining jinnisi ekansan-ku[7].
Manbalar
tahrirlash- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/10/14/shuhrat-ganiyev-senat-azoligidan-chiqarildi
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/25/appointments/
- ↑ FARG'ONA VILOYATI HOKIMI BUTUN TUMANNI HAQORAT QILIB, HAJ VA MIGRATSIYANI TAQIQLADI.
- ↑ Ўзбекистон: Фарғона вилояти ҳокими Шуҳрат Ғаниев қатъий огоҳлантирилди.
- ↑ Farg‘ona viloyati hokimi soqol, ro‘mol va ish joylarida namozga qarshi chiqib, bunga bo‘ysunmaganlarni qamash bilan tahdid qildi (audio).
- ↑ Бош прокуратура: Фарғона вилояти ҳокимига мансублиги айтилган аудиоёзув ўрганилмоқда.
- ↑ “Jipiriq, shunchalik ham aldaysanmi?” Shuhrat G‘aniyev hokimlarni qo‘shib yozganlik uchun tanqid qildi.