Sherali Joʻrayev

oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori

Sherali Joʻrayev (tavallud paytidagi ismi sharifi — Shermat Joʻrayev, 1947-yil 12-aprel, Asaka tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2023-yil 4-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori[1].

Sherali Joʻrayev
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslari

tahrirlash

2007-yil

tahrirlash

13-fevral

tahrirlash

Bir-ikkita biz oʻzimiz non berib katta qilgan odamlar bor edi. Hozir ular endi polkovnik darajasiga koʻtarildiyu, ishdan endi boʻshagan hozir. Shuni aytib qoʻyishim kerak sizlarga. Shu odam mening uyimga bir oʻn yil, yoʻq, boring, yetti yil boʻldi, bormaydi. Mendan xabar ham olmaydi. Shuni ham aytib qoʻyay. Yana bir haromi bolani yetaklab yurarkan. „Sheralining oʻgʻli“ deb pul qilarkan. Man qirqqa kirganimda oʻgʻil koʻrganman — Shohjahon. Qirqqa kirganimda man oʻgʻil koʻrganman. Birinchi koʻrgan farzandim shu. Undan avval man farzand koʻrmaganman, hov birodarlar. U aytadigan bolasi oʻziga teng, haligi joʻraning oʻziga teng. Xullas, u aytadigan bolaning juda otasi koʻp, hov birodarlar. Bir beshta, oʻnta odamning oldiga olib borib, „Sening oʻgʻling“ deb, pul olgan onalari. Shuning uchun men sizlarga ochiq-oydin, Allohning oldida aytayapman bu gapni. Bunaqa tirikchilik qiladiganlarni shunday ushlanglar. Sherali Joʻrayevning oʻgʻli tanbur choladi, dutor choladi, soz choladi, tor choladi. Uni bilish uchun sahnaga chiqarib qoʻyib, qoʻliga tor bering, tanbur bering, dutor bering. Chololsa, mening oʻgʻlim boʻladi. Har bitta menga oʻxshagan mening oʻgʻlim boʻlavermaydi-da. Sen beriroq kel, beriroq kel, oʻgʻlim, tepaga chiq. Mana shun bolani ham mening oʻgʻlim, desa, ishonaveradi odamlar. Sababi — menga oʻxshaydida. Bu Andijonning 90 foizi bir-biriga oʻxshaydi. Shuni aytib qoʻyay. Hali Nuriddinni mening oʻgʻlim, deb aytishgan, Ahrorni mening oʻgʻlim, deb aytishgan. Ular mendan yetti yoshga kichik, xolos. Shuning uchun, birodarlar, mana kamera ham olayapti. Shuni chiqarib qoʻyaveringlar, shu gaplarimni. Xalq bilsin. Menda ikkita oʻgʻil bor. Shohjahon — 18 ga endi kirdi. Keyingisi esa Zohirshoh, deb ot qoʻyganmiz. Unisi endi 16 ga kirdi. Mana yangi yilda aka-uka qoʻshilishib „Zamon-zamon“ni aytishdi. Shundan boshqa menda oʻgʻil yoʻq, aytib qoʻyay. Toʻyga olib borarkan. „Sherali Joʻrayevning oʻgʻlini olib keldim“ deb pul olarkan haligi toʻy egasidan. Odamlarga „Hozir Sheralining oʻgʻli chiqadi“ deb eʼlon qiladi oʻrtada eʼlonchi. Mening oʻrtoqlarim, sizlarga oʻxshagan shinavandalar „Sherali Joʻrayevning oʻgʻli kelib qolibdi“ deb 3-4 soʻm qistirishadi. Shunga ishqiboz u haromilar. Men shuni aytishim kerak edi. Shuni aytmasam boʻlmasdi. Men bu yerlarga endi qachon qaytib kelaman. Men shuni aytishim kerak edi. Sizlar bilishlaring kerakligi uchun aytayapman. Juda zaril emas. Lekin aytishim kerak edi.

Manbalar

tahrirlash

Adabiyotlar

tahrirlash
  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Sh-harfi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Havolalar

tahrirlash
 
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: