Rahmdillik (arab. ‎‎ — shafqat, marhamat; achinish; mehribonlik, mehr) — ayanch yoki mushkul ahvoldagi kimsaga, narsaga nisbatan achinish tuygʻusi va shunday tuygʻu taʼsirida koʻrsatilgan shafqat, marhamat.

Rahmdillik
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari
Wikimedia Commonsdagi media fayllari
Wikinewsdagi yangiliklar



  •  

Bugun yeyishga narsasi boʻlmagan odam sendan non nasiya olsa, unga rahm qil, ammo goʻsht nasiya olgan odamga shafqat qilma. Birinchisi haqiqiy nochor, ikkinchisi esa nafs bandasidir.

  Otalar soʻzi[1]
  •  

Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin,
Siniq koʻngillardan koʻproqdir tashvish.

  Pahlavon Mahmud[2]
  •  

Javobini qaytarishdan ojiz boʻlgan odamga musht otma.

  Otalar soʻzi[3]
  •  

Oʻzingdan ojizlarga rahm bilan, oʻzing bilan tenglarga insof bilan, oʻzingdan ustunlarga aql bilan boq.

  Otalar soʻzi[3]

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 174.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 102.
  3. 3,0 3,1 Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 195.

Adabiyotlar

tahrirlash