Rabindranat Tagor
Rabindranat Tagor (7-may 1861-yil, Kalkutta; 7-avgust 1941-yil, Kalkutta) — bengal tilida ijod qilgan romannavis, bastakor, dramaturg, rassom, qissanavis, esseist, vokalist va aktyor. U bengal tilining eng buyuk adabiyot arbobi hisoblanadi.
Rabindranat Tagor | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Agar sen barcha ishtibohlarga eshigingni berkitsang, haqiqat ham tashqarida qoladi.
- Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.
- Er-xotinlik — sanʼat va uni har kuni yangilab turish kerak.
- Shunchaki qarab yoki turib dengizni kesib o‘ta olmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.
- Hatto qaroqchilar to‘dasi ham qandaydir axloq talablariga rioya etishi kerak; ular butun dunyoni talashlari mumkin, lekin bir-birlarini emas.
- Cheksiz umid va ishtiyoq yoshlikning asosiy boyligidir.
- Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Do‘stim, sening yo‘ling bitta: o‘zingni takomillashtir va begonaga xizmat qilma. Muhokamalar-u to‘siqlardan cho‘chima.
- Iztirob hayotdagi barcha qadrli narsalar: kuch-quvvat, aql-farosat, muhabbat uchun to‘lovdir.
- Mast o‘zini qanchalik baxtiyor his etmasin, u haqiqiy baxtdan juda uzoq. Chunki uning bu baxti boshqalar uchun ko‘rgilik; bugungi baxti ertangi baxtsizligidir.
- Kuchini ko‘rsataveradigan odam kuchsizligini isbotlaydi, xolos.
- Maqtov meni pastga uradi, chunki uni ichimda o‘zim so‘rab turaman.
- Qurigan daryoga o‘tmishi sabab rahmat aytmaydilar.
- Yaxshi gaplarni ko‘pchilik gapirishi mumkin, lekin tinglay oladiganlar kam, sababi, u aqlning kuchini talab etadi.
- Vijdonimizning ovozini eshitmaslik uchun shovqinli olomon ichiga o‘zimizni uramiz.
- Yulduzlar o‘zlarini tillaqo‘ng‘iz deb o‘ylashlaridan qo‘rqmaydi.
- Muhabbatning haqiqiy go‘zalligini faqat sadoqatli ayolgina his qiladi.
- Odam hayvonga aylanganda hayvondan yomondir.
- Rohat-farog‘atlarga ko‘milib, lazzat hissidan mosuvo bo‘lamiz.
- Baxt o‘zini tiya oladigan odamlarga nasib etadi. Orzularing amalga oshishini istasang, ularni tiyib tura bil.
- Hamma haqiqatni aytishga chog‘lanmagan paytingda samimiy bo‘lish oson.
- Pessimizm qalb alkogolizmining bir ko‘rinishidir.