Qozi Ahmad Gʻafforiy
Tarixchi olim (1515-1568)
Qozi Ahmad Gʻafforiy (toʻliq ismi: Qozi Ahmad ibn Muhammad ibn Najmiddin Abdulgʻaffor al-Jaʼfariy al-Gʻafforiy al-Kazviniy; 1515-yil – 1568-yil) — tarixchi olim.
Qozi Ahmad Gʻafforiy | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Qardosh loyihalar | |
Iqtiboslar
tahrirlash- Adolatning faqat bitta surati bor, zulmning boʻlsa — mingta[1].
- Biron qogʻozga qoʻl qoʻymoqchi boʻlsang, biron odamni xafa qilib qoʻymaslikni oʻyla![1]
- Boylikka hirs qoʻyish — joduning sirtmogʻiga tushib qolish bilan barobar[1][2].
- Johilning uzun hassasi bor, lekin uning bir uchi doimo oʻzining boshida turadi[1][3].
- Kimki ehtiyot sovutini kiyib olsa, zamon hodisalarining oʻqidan omon boʻladi.
- Mansabdor boshda shon-shuhratga ega boʻladi, oxiri — dorga[1].
- Musibatga sabr qil, chunki sening ustingdan kuluvchilar ham bor[1].
- Ogʻizga kelganni soʻzlashning oxiri voy![1]
- Vaqt keskir qilichdir, u hech narsaga qaramay shartta oʻtadi-ketadi. Sen esa voy-voylagancha qolaverasan[1].
Manbalar
tahrirlashAdabiyotlar
tahrirlash- Tursun, Ahmad. Sharq donishmandlari hikmatlari. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2006 — 208-bet.