Qoʻrqma
Javlon Jovliyev muallifligidagi roman
„Qoʻrqma“ — oʻzbek yozuvchisi Javlon Jovliyev tomonidan yozilgan roman. 2020-yil „Asaxiy Books“ loyihasi doirasida „Nihol“ nashriyotida chop etilgan. 2021-yilning „Yil kitobi“ deb topilgan.
Iqtiboslar
tahrirlash- Tarixni otam deb oʻrgan, bolam. Tarix yigitning otasi, til esa onasidir.
- — Ortingda kim turibdi?
— Vijdonimdan boʻlak, hech narsa. - Qiz zorillaydi:
— Ona, nega kasalxonaga borishga koʻnmayapsiz?
— Ket oʻqishingga dedim senga.
— Yonib ketsin shu oʻqish. Menga siz kerak, oʻlib qolsangiz qanday chidayman!
— Menga sening diploming kerak. Yaxshi joyga kelin boʻlib tushasan.
— Oʻlsangiz undan ham koʻp pul ketadi.
— Oʻlmayman ham, davolanmayman ham, sen tugatguncha chidab beraman.
— Ona, jigaringiz qurib boryapti... Ona... - Yigitlar uch-toʻrt yilda bir koʻrinmasa koʻrinmadi, puli kelib turdi.
Bu tiriklik boʻldi.
Tiriklik oʻliklikni boshlab keldi.
Oʻligini olib kelish tirigidan qimmat boʻladi.
Pul ota, pul er boʻldi, eng yomoni, pul Vatanga aylandi. - Butun mamlakatda ishsizlik semirmoqda.
Pul topish bepusht ayolni tugʻdirishday qiyin. Millionlab ishsizlar galasi paydo boʻlgan. - Kimdir, ayol yo bokira bir qiz, Vatan uchun oʻlmogʻi kerak-ku tugʻishdan ortib!
Men Ona boʻlmoqdan koʻra shu millat uchun yuksak oʻqimoqni afzal koʻrdim! - Qariganda yo‘qotilgan har narsaning o‘rni to‘lmaydi, iymonning ham qaytishi qiyin.
- Millatni yeymiz, qonini ichamiz, so‘ng hojatga shoshamiz, bolalarni ham, kelajakni ham axlat kabi to‘kamiz milliy hojatxonalarga!
- Biz millatni bitta-bitta talaymiz, bolalarimiz bizni talagani kabi. Eshakkurtlar kabi...
- Kim uchundir Vatan har oyda beriladigan qarilik pulidir. Bermasa o‘zini Vatansiz his qiladi.
- Turkiston tarixiga Temursiz qarash koptoksiz futbol o‘ynashdek gap.
- „Kommunizimga qachon yetamiz-ov?!“ — deb yotardik, zang‘ar, o‘sha payt o‘tib ketgan ekan... bilmagan ekanmiz!
- Hayosizlik yoshlik emas, uyat yil tanlamaydi. Yoshlik pastlik emas, ulug‘lik, tiniqlik, pokizalikdir.
- Ayollar ham uyg‘onsa, bu yurtni eplab bo‘lmaydi.
- Siyosiy partiyalarning qizil askarlari kabi saf tortib tadbirma-tadbir yurgan yigit-qizlar erta xalqqa emas, partiya korchalonlariga xizmat qiladi, xolos!
- SSSRning gulxanda o‘t bo‘lishini ko‘r, urush chiqarganlarning, xalqaro tashkilotlarning, nimaki o‘zini va insoniy vazifasini unutganlar borki, bari javob beruvchilardir.
- Hech qachon o‘zidan kuchli odamni uzoq boshqarolmaydi, shuning uchun ham tentaklar va qullar ittifoqi uzoq yashaydi.
- Iltimos, hech bo‘lmasa og‘zingizga shirinlik solib oling, u sizni bir daqiqalik gunohdan qutqaradi.
- Turkiston talabalari tunlari pichirlardilar: „Yo Alloh, millat uchun oʻqishlikni nasib ayla, oʻzga niyatni oʻldir, harom et bizga!“
- Orzularsiz shaharlar quriydi. Dunyoni orzu qiladigan odamlar bezab turadi, ular mazmun bagʻishlaydi.
- Kimningdir miyasiga oʻrnatilgan soat chiqillab ishlab turibdi-yu, yana kimdadir toʻxtaydi, shunday boʻlishi kerak. Baxt va vaqt bir-biriga doim dushman boʻlib kelgan. Endi baxtiyor yashayman deganingda fursat yetmaydi, vaqt koʻpida esa baxtsizsan, yolgʻizsan!
- Bir kun baribir bizning haqligimiz yuzaga chiqishiga ishonamiz! Qancha yuz va yuz yillar o‘tsa ham! Qaytarib aytaman, bizning maqsadimiz hech qanday hokimiyat emas, millat taraqqiyoti, ovro‘palik bir odam kabi o‘zbek ham baxtli yashashiga urinish edi. Yaxshi yashashga esa har bir millatning haqqi bor!
- Biz ham bir talaba, aslida, hech kim edik. Maqsadlarimiz o‘z nafsimizdan oshmas edi, ota-onamiz yo qornimiz uchun o‘qir, bir parcha qattiq qog‘oz — diplomga sig‘inar darajada edi jamiyat.
- Muhabbat — kimgadir soʻzsiz, hech bir shartlarsiz, taroziga tortilmagan oʻlchovlarsiz kerak boʻlishing-ku, toʻgʻrimi?