Qadam
Qadam — Oʻzbekistonlik bloger va tadbirkor Sanjar Xoʻjaning insonning shaxsiy rivojlanishi, kamol topishi haqidagi kitobi.
Iqtiboslar
tahrirlash- Haqiqiy ishonch bu — ko‘rinmaganiga, mavhum narsaga ishonishdir. Agarda siz ko‘rinmaganiga ishonsangiz, hayotda boshqalarga ma’lum bo‘lmagan ko‘p narsalarni ko‘rasiz.
- Insonlar hayotda faqatgina ikki xil ko‘rinishda yashaydi:
— hayotda ro‘y bergan voqealarga nisbatan kurashib;
— maqsad belgilab, unga erishish uchun oldinga intilib. - Hayotingizdagi eng katta to‘siq bu — sizning bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash odatiy turmush tarzingizdir.
- Hattoki bir asr avval bobolarimiz bilim olish uchun yuzlab kilometr masofani otda bosishgan bo‘lsa-yu, bugungi davrda uyda o‘tirib dunyodagi barcha tillarni o‘rgana oladigan vaziyatda hech bo‘lmasa uchta til bilmasligingiz — sizning kamchiligingizdir!
- Boshqalarning mingta aybini ko‘rib, ayblash sizga biror foyda bermaydi. O‘zingizdagi bitta kamchiligingizni ko‘rish, sizni qadrli inson qiladi.