Platforma

2019-yilda Galder Gaztelu-Urrutia tomonidan suratga olingan Ispaniyaning ijtimoiy-fantastik dahshatli film


Platforma (asl ispancha nomi: “El hoyo”)(inglizcha: “The Platform”) — 2019-yilda rejissyor Galder Gaztelu-Urrutia tomonidan suratga olingan Ispaniyaning ijtimoiy-fantastik dahshatli film.

Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Uch turdagi odamlar mavjud: yuqoridagilar, pastdagilar va yiqilayotganlar.
  • Trimagasi: Oy ham endi boshlandi. Shunday ekan, nima yeyishimiz katta masala.
    Goreng: Xoʻsh, nima yeymiz?
    Trimagasi: Aniq-ku? Yuqoridagilardan qolganini...
  • Goreng: Ey, pastdagilar. Meni eshityapsizlarmi?
    Trimagasi: Ularni chaqirma.
    Goreng: Nega?
    Trimagasi: Chunki ular pastda. Yuqoridagilar esa javob bermaydi.
    Goreng: Nega?
    Trimagasi: Aniq-ku? Chunki ular yuqorida...
  • Koʻp gapirsam charchab qolaman. Ayniqsa, oladigan maʼlumotimdan beradiganim koʻp boʻlsa.
  • Goreng: Oʻrada 200 daraja uchun yetarli yegulik mavjud emas.
    Imoguiri: Agar har bir kishi boʻkkunicha yemaganida, yegulik pastki qavatlarga ham yetib borgan boʻlardi.
    Goreng: Bu yerda yashab qolish qiyin.
    Imoguiri: Toʻgʻri, huddi tashqaridagi kabi. Biroq, oxir-oqibat bu yerda oʻz-oʻzidan nimadir sodir boʻlishi kerak. Birdamlikka yetaklovchi nimadir.
    Goreng: Bu yerda birdamlikka yetaklovchi nimadir? Demak, laʼnati oʻra shuning uchun qurilgan ekan-da. Oʻzgarish oʻz-oʻzidan sodir boʻlmaydi, senyor.
    Imoguiri: Balki shuning uchun shu yerdadirsiz?
    Goreng: Bu yerdan tirik chiqsam boʻlgani...
  • Buyuk ish qiluvchilar saxiy boy boʻlmay yovuzlik namunasi boʻlsa baxilning oʻzginasidir. Axir odamni boylikmas, uni sarflash imkoniyati borligi baxtli qiladi. Albatta, oʻzi uchun emas, oʻzgalar manfaati yoʻlida.