Oʻzbeklar – turkiy tilli xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (37 million), Tojikistonda (1,700 mingdan koʻproq), Qirgʻizistonda (1 million kishi), Qozogʻistonda (600 mingdan koʻproq kishi), Turkmanistonda (900 mingdan koʻproq) kishi yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (3 million kishi), Rossiyada (300 ming kishi), Saudiya Arabistonida (550—600 ming kishi), Xitoyda (15 ming kishi, 2010-yil), Turkiya, Olmoniya, AQShda ham oʻzbeklar yashaydi. Oʻzbeklar oʻzbek tilida soʻzlashadilar. Dini – sunniy musulmonlar.

Oʻzbek maqollari
Vikipediya maqolasi



A

  • Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt.
  • Aytilgan soʻz – otilgan oʻq.
  • Andishaning oti qoʻrqoq.
  • Arpa ekkan arpa oʻrar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy.
  • Arpaning doni boʻlguncha, bugʻdoyning somoni boʻl.
  • Arqogʻini koʻrib boʻzini ol, onasini koʻrib qizini ol.
  • Afting qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama.
  • Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz doʻstini..
  • Avval oʻyla, keyin soʻyla.

B

  • Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning.
  • Bir kun tuz ichgan joyinga qirq kun salom ber.
  • Birovni ustidan kulmagin zinhor, sening ham ustingdan kuladiganlar bor.
  • Birovga choh qazisang, oʻzing tusharsan.
  • Birovga oʻlim tilaguncha, oʻzinga umr tila.
  • Bolaga ishga buyur, orqasidan oʻzing yugur.
  • Boshinga qilich kelsa ham rost soʻzla.
  • Buqdan qoʻrqqan tezak yopmaydi.
  • Bukrini gʻor tuzatadi.
  • Bir mayizni qirq kishi yer.
  • Birniki mingga mingniki olamda.
  • Bulbul chamanni sevar,
    Odam — Vatanni.

D

  • Dangasaga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi.
  • Dangasaga ish buyursang, senga aql oʻrgatar.
  • Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
  • Danagidan magʻizi shirin.
  • Darding boʻlsa boʻlsin, qarzing boʻlmasin.
  • Devor tagida gapirma, devorning ham qulogʻi bor.
  • Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil.
  • Dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga ham chiqmaydi.
  • Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma.
  • Dushmanning kulgani – siringni bilgani.
  • Doʻst achitib gapirar, dushman – kuldirib.
  • Doʻst boshga boqar, dushman oyoqqa.
  • Doʻst boshga kulfat tushganda sinaladi.
  • Doʻst soʻzini tashlama, tashlab boshing qashlama.
  • Doʻstim deb siringni aytma, doʻstingning ham doʻsti bor.
  • Doʻsting uchun zahar yut.
  • Doʻstsiz boshim – tuzsiz oshim.

E

  • Egilgan boshni qilich kesmas.
  • Ezgulikning erta kechi yoʻq.
  • El ogʻziga elak tutib boʻlmas.
  • Elakka chiqqan xotinning ellik ogʻiz gapi bor.
  • Elchiga oʻlim yoʻq.
  • Er yigitning uyalgani – oʻlgani.
  • Er xotinning urushi – doka roʻmolning qurishi.
  • Ering suydi – eling suydi.
  • Erning soʻzi bitta.
  • Eru xotin – qoʻsh hoʻkiz.
  • Esingning borida etagingni yop.
  • Eshakning mehnati halol, goʻshti harom.

F

  • Falokat oyoq ostida.
  • Farzand bilan davlatning erta-kechi yoʻq.
  • Farzandiga otaning mehri ketmoncha boʻlsa, onaning mehri osmoncha bor.
  • Faqir kishi panada.

G

  • Gul oʻssa – yerning koʻrki, qiz oʻssa yurtning.

H

  • Har qush uyasida koʻrganini qiladi.
  • „Hayt“ degan tuyaga mador.
  • Hazil, hazilning tagi zil.
  • Hur gulning isi boshqa.
  • Har yerni qilma orzu, har yerda ham bordir toshu torozu.
  • Har kallada har hayol.
  • Har kim ekkanini oʻradi.
  • Har kimniki oʻziga, oy koʻrinar koʻziga.
  • Har toʻkisda bir ayb.
  • Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi.
  • Hisobli doʻst ayrilmas.
  • Hovli olma, qoʻshni ol.
  • Hunar – hunardan unar.
  • Hunarli kishi och qolmas.
  • Husn toʻyda kerak, aql kunda.

I

  • Ignadek joydan tuyadek sovuq kiradi.
  • Ignachining ming urgani, temirchining bir urgani.
  • Ikki yorti – bir butun.
  • Ikki kemaga oyoq qoʻygan gʻarq boʻlur.
  • Intilganga tole yor.
  • It hurar, karvon oʻtar.
  • Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
  • Ish bor yerda xato bor.
  • Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
  • Ishongan togʻda kiyik yotmas.
  • Ishonmagin doʻstingga, somon tiqar poʻstingga.

J

  • Janjalli uyda baraka boʻlmas.
  • Jahl kelsa, aql ketar.
  • Joyimiz tor boʻlsa ham, koʻnglimiz keng boʻlsin.

K

  • Kambagʻal boʻlsang koʻchib boq.
  • Kambagʻalni tuyaning ustida ham it qopadi.
  • Kamtarga kamol, manmanga zavol.
  • Kasalini yashirsang, istimasi oshkor qiladi
  • Katta arava qayoqdan yursa, kichik arava ham oʻsha yoqdan yuradi.
  • Kemaga tushganning joni bir.
  • Kengga keng dunyo, torga tor dunyo.
  • Kerakli toshning ogʻirligi yoʻq.
  • Kim tabib – boshidan oʻtgan tabib.
  • Kuch – birlikda.
  • Koʻz qoʻrqoq, qoʻl botir.
  • Koʻp gap eshakka yuk.
  • Koʻpdan quyon qochib qutulmas.
  • Koʻr koʻrni qorongʻuda topadi.
  • Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi.
  • Koʻrpangga qarab oyoq uzat.
  • Kambagʻal don topmaydi, don topsa idish topmaydi

L

  • Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq.
  • Laqmaning kallasi, tarozuning pallasi.

M

  • Mard maydonda sinalar.
  • Maqtanganning uyiga bor, kerilganning toʻyiga bor.
  • Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
  • Mehmon otangdan ulugʻ.
  • Mehnatning tagi rohat.
  • Ming marta eshitgandan, bir marta koʻrgan yaxshi.
  • Minnatli oshdan, beminnat musht yaxshi.
  • Mol achchigʻi – jon achchigʻi.
  • Mugʻombir oʻz tumshugʻidan ilinar.

N

  • Nima eksang shuni oʻrasan.
  • Nodon doʻstdan, ziyrak dushman yaxshi.
  • Nomi ulugʻ – suprasi quruq.
  • Nomus oʻlimdan kuchli.
  • Non ham non, ushogʻi ham non.
  • Nafsi gʻolib hayitda oʻladi.
  • Nimani hor qilsang shunga zor boʻlasan.

O

  • Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi?

P

Q

R

S

T

  • Taom lazzati tuzida odam lazzati tilida.

U

V

X

Y

Z

Sh

Ch

Ng

Manbalar