Nishotiy Muhammadniyoz (XVIII asr, Xorazm) – shoir.

Nishotiy Muhammadniyoz
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Ahli suxan kim edilar nuktasanj,
    Topdi alar ranj chekib, mulki ganj[1].
  • Har kishi oʻz taʼbicha insho qilur,
    Maʼnilik soʻz el aro paydo qilur[1].
  • Kimga rafiq ulmasa, jam’ ey amir,
    Boʻlgʻuvsi albatta parishon faqir[1].
  • Kimki yamon soʻzni der, inson emas,
    Soʻzki yamondir, oni hayvon demas[1].
  • Mard eliga oʻzgacha oyin kerak,
    Qavligʻau feʼliga tahsin kerak.
    Aqling agar senga boʻlsa rahnamun,
    Jisming aro jon erur ul qofu nun[1].
  • Notiq elning har biri inson emas,
    Ahli maoniy oni inson demas[1].
  • Soʻzdin ekan ruhi ravon ham sanga,
    Jonu tanu tobu tavon ham sanga[1].
  • Soʻzdin erur maʼnini rangin murod,
    Boʻlmasa ul soʻzni degil girdbod[1].
  • Soʻzki malohat bilan margʻub erur,
    Ziynat anga boʻlsa agar xoʻb erur[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.