Nabi Jaloliddin
oʻzbek yozuvchisi va shoiri
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Nabi Jaloliddin (2-may 1962-yil; Andijon viloyati, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, jurnalist, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shuningdek, “Shuhrat” medali sohibi (2020). Tarjimon oʻlaroq Albert Camusning “Kaligula” pyesasi va Vasiliy Shukshinning “Men sizga erk bergani keldim” romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Choʻlpon haqidagi “Tegirmon” hamda Umar Xayyomga bagʻishlangan “Oraliq (Xayyom)” romani oʻquvchilari orasida mashhur.
Nabi Jaloliddin | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z Oʻ Gʻ Sh Ch Ng |
- Adabiyot — najot. Nega? Chunki u o‘z mazmun-mohiyati, so‘zdan iboratligi bilan insoniyatning Tangriga iltijosi, tazarrusiga o‘xshaydi.
Tavba-tazarru esa ishonchli najotdir. - Aslida yozging kelsa-yu yozolmasang — bu haqiqiy yozuvchining ko‘yi.
- Bu dunyo baxt ishlab chiqaruvchi korxona emas.
- Bu olamda birgina haqiqat bor — bu hayotning o‘zi. Qolgan narsalar uning unsurlaridir.
- Buyuk yozuvchilar buyuk yolg‘izlardir.
Tafakkur bilan yashaguvchi inson borki, yolg‘izlikka mahkum. Chunki dunyoning, hayotning mohiyatini anglab borgani sari odamlardan ajrala boshlaydi.
- Eng avvalo, adabiyot har qanday xalqning maʼnaviy va tafakkuriy salohiyatini belgilaydi. Adabiyoti buyuk xalq chindan ham buyuk va qudratlidir. Boshqa barcha sanʼatlar adabiyot tevaragida, uning asosida shakllanadi, rivojlanadi.
- Eng qiyini — biron narsaga o‘zingni ishontirish.
Eng yomoni — aldanish.
- Har bir davr yozuvchisi, shoiri So‘z(lar)ning yangi jilvalarini kashf etishi kerak. Agar kashf etmas ekan, til boyimaydi. Shuning uchun yozuvchining zimmasida ulkan masʼuliyat turadi. Axir, tilsiz millat ham yo‘q.
- Inson hech qachon mutlaq adolatli bo‘lolmaydi. Mutlaq adolat Xudoda. Odam hamisha biryoqlamalikka mahkum.
- Kitob — vaqt mundarijasi.
- Men o‘zimni avval ayab, “yaxshi ko‘rib” tahrir qilardim. Har bir voqea, so‘z o‘yini “qadrdon” tuyulardi. Keyin “shafqatsizlashdim”. Buni Erkin Aʼzamdan o‘rgandim.
- Sevimli bo‘lmoq uchun sevish kerak.
- Yirik asar uchun to‘qima obraz juda zarur. Ayniqsa, tarixiy asarda. U bosh qahramonning obrazini to‘laqonli chizib berishda asqatadi. Faqat to‘qima obrazlarni unga munosib qilib yarata olish kerak.
- Yozuvchi hammani boshqaradi, dunyoni boshqaradi — xuddi qahramonlari kabi. Shuning uchun ham uni hurmat qilish kerak.
- Zo‘rmisan, hukm aytishni raqibingga ber!
Oʻ
tahrirlash- O‘zbek tanqidchilari yulduzlarga o‘xshashadi — faqat tunda ko‘rinishadi. Yana kulib boqqanlargagina jimirlaydilar.