Muomala (arab. ‎‎ — oʻzaro munosabat, aloqa) — kishilar bilan munosabat, soʻzlashuv, shunday munosabat yoʻsini.

Muomala
Vikipediya maqolasi
Vikilugʻatdagi maʼnolari



  •  

Baʼzi hakimlarning fikricha, odamning aqlli ekanligining belgisi hamma bilan murosa qila bilishida, odamlar bilan til topa olishida va ularni toʻgʻrilik tomon yurgiza bilishidadir. „Xalq bilan til topa olmagan kishi aql neʼmatidan mahrum kishi“, deyishadi. Xalq bilan murosa va madora deganda shunday narsani tushunish kerakki, unda yolgʻonchilik boʻlmaydi, hech kimni aldamaydi, tili bilan dili bir-biriga muvofiq boʻladi, kattayu kichik bilan birdek muomala qiladi, barchani yaxshi ishlar sari undaydi, hech kimga zarari tegmaydi[1]. — „Favoqih al-julaso“ asaridan

  Qayum Nosiriy
  •  

Odamlar bilan muomala qilayotganda ehtiyot boʻlmoq, rost bilan yolgʻon soʻzni farqlay bilmoq kerak. Xushomad botqogʻiga botgan nafsga tinimsiz sayqal berib, uni bu darddan xalos qilish yoʻlini tutmoq lozim. Xushomad soʻzini koʻp aytadiganlar koʻp boʻlganidek, rost soʻzni chin dildan eshitadiganlar ham kamdir. Bu borada ibrat koʻzini ochib, farosat bilan ish tutmoq lozim[2].

  Abulbarakot Qodiriy

Manbalar

tahrirlash
  1. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 56.
  2. Mashriqzamin hikmat boʻstoni, s. 184.

Adabiyotlar

tahrirlash