Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Oʻzbek islom ulamosi, muftiy
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (15-aprel 1952-yil; 10-mart 2015-yil) — Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiysi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf | |
Vikipediyadagi maqola |
Iqtiboslari
tahrirlash- Bir ishga o‘zingizni bir muddat majburlasangiz, o‘sha narsa sizga odatga aylanib qoladi, keyin o‘shani bajarmasangiz, uyqungiz kelmaydigan bo‘lib qoladi[1].
- Bugun kitob o‘qigan odam kechagi odam emas-da[1].
- Bir ma’lumotni bir kitobda ko‘rib, keyin shu bo‘yi o‘qimasangiz, esingizdan chiqib ketishi oson bo‘ladi. Agar o‘sha ma’lumotni bir safar bu kitobda, keyin boshqa bir kitobda, bir muddat o‘tib, yana qaysidir asarda o‘qisangiz, ana shunda xotirada yaxshi qoladi[1].
- Bir narsani o‘qisangiz, qanchadir qismi esda qolib, qolgani esdan chiqadi. Agar o‘shani o‘qish bilan birga yozib ham chiqsangiz, ancha ko‘proq qismi yodingizda saqlanib qoladi. Ammo ma’lumotni esda saqlashning eng yuqori darajasi o‘sha mavzuni kimgadir dars qilib o‘tishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uqib olasiz, ham esda saqlab qolasiz[1].
- Kitobni bir chetdan o‘qigan odam bilan u yer-bu yerdan ma’lumot o‘qib yurgan odamning orasida yer bilan osmoncha farq bo‘ladi. Hakkam-dukkam ma’lumotlarni o‘qishga o‘rgangan odamning fikrlashi ham hakkam-dukkam bo‘lib qoladi, bir narsani gapirsangiz, atroflicha fikrlay olmaydi[1].
- Ochig‘ini aytay, oziq-ovqatni boshqalardan olib kun ko‘radigan xalq, mingta mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilsa ham, o‘zini mustaqil his qilishga haqqi yo‘q. Chunki berib turganga biror so‘zing yoqmay qolsa ham, kerakli narsani “tortib” qo‘yib, sening mustaqilligingni bir pulga chiqaradi[2].
- Bir kishi u zotdan so‘radilar:
— “Taqsir, kimning tavbasi qabul bo‘lmaydi?”. U kishi shunday dedilar:
— “Tavba qilmagan odamning tavbasi qabul bo‘lmaydi”[3]. - Bir safar so‘rashdi:
— “Sumalak haqida gapirsangiz, Qurʼonda bu taom haqida nima deyilgan?”. Javob qaytardilar:
— “Qur'on pazandachilik haqidagi kitob emas, u hidoyat kitobdir”[3]. - Yana savol berishdi:
— “Nike krossovkasini kiysam bo‘ladimi?”.
— “O‘lchami to‘g‘ri kelsa kiyavering”, dedilar hazrat[3]. - Savol beruvchilardan yana biri so‘radi:
— “Anjirni yoqsam bo‘ladimi?”. U zot dedilar:
— “Yaxshi yonadi, yoqavering”[3].