Muhammad Iqbol (9-noyabr 1877-yil, Sialkot, Pokiston; 21-aprel 1938-yil, Lohur, Pokiston) — mashhur hind shoiri, musulmon faylasuf, siyosatchi va davlat arbobi.

Muhammad Iqbol
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Insonga sig‘adiganga koinot, koinotga sig‘maganga inson deyman.
  • Ikkovi uchun ham osmon bitta, ammo zog‘ning dunyosi boshqa, lochinniki boshqa.
  • Uyquni yengil o‘lim, o‘limni og‘ir uyqu deb biling.
  • Qadahsiz sharob ichilmas, ammo unutmang, odamni sharob mast qiladi, qadah emas.
  • Hayot sharobdir, ammo eng taxiri va eng yaxshisi.
  • Burgut o‘lik suvsarni ovlamaydi.
  • Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-cho‘p chiqadi.
  • Davlatlar shoirlarning qalbida tug‘iladi, siyosatchilarning qo‘lida o‘sadi va o‘ladi.
  • Ilm oshkora savoldir. Ishq esa sirli javob.
  • Taqlidni bas qil, o‘zingni izla.
  • Majnun shaharni tark aylab sahroga yuzlandi. Sen sahrodan ham voz kech. Orzuga yetmoq istasang Layloni ham terk et.
  • Olovdan chaqnagan uchqun kabi bebosh bo‘lma.
  • Ishq hayotning mag‘zidir, uni topganlarga o‘lim haromdir.
  • Ishq sharobdir, ayni damda ishq ulkan qadah ham.
  • Ishq yo‘lini aql bilan topmoqchimisan? Quyoshni sham yoqib qidirmoqchimisan?!
  • Men izlaganim yo‘l emas, yo‘ldosh. Naql bejiz emas: avval yo‘l, keyin yo‘ldosh.
  • Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!