Mehrinoz Abbosova
oʻzbek shoirasi va davlat arbobi
Mehrinoz Abbosova (toʻliq ismi: Mehrinoz Nosirjon qizi Abbasova; 1995-yil 23-iyul; Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbek shoirasi. Xalqaro jurnalist va adabiyotshunos. Respublika yosh ijodkorlar kengashining ilk raisi (2017—2022). Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (2018). Shuhrat medali sohibasi (2017). Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori (2012). Shoiraning „Men yoshlikman“ (2011) va „Yulduzrang qoʻshiqlar“ (2014) nomli kitoblari Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi tavsiyasi bilan chop etilgan. Hozirda u Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Mehrinoz Abbosova | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |