Oʻzbek maqollari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
* Bolani ishga buyur, orqasidan o'zing yugur.
* Boshinga qilich kelsa ham rost gapir.
 
=== '''D''' ===
* Dangasaga ish buyursang, otangdan ortiq nasihat qiladi.
* Dangasaga ish buyursang, senga aql o'rgatar.
* Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
* Danagidan mag'izi shirin.
* Darding bo'lsa bo'lsin, qarzing bo'lmasin.
* Devor tagida gapirma, devorning ham qulog'i bor.
* Dehqon bo'lsang shudgor qil, mulla bo'lsang takror qil.
* Dunyoni suv bossa, to'pig'iga ham chiqmaydi.
* Dushmanga joningni bersang ham, siringni berma.
* Dushmanning kulgani - siringni bilgani.
* Do'st achitib gapirar, dushman - kuldirib.
* Do'st boshga boqar, dushman oyoqqa.
* Do'st boshga kulfat tushganda sinaladi.
* Do'st so'zini tashlama, tashlab boshing qashlama.
* Do'stim deb siringni aytma, do'stingning ham do'sti bor.
* Do'sting uchun zahar yut.
* Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim.
 
 
[[Category:Maqollar]]