Komil Xorazmiy

Oʻzbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi

Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi: Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund oʻgʻli; 1825-yil – Xiva – 1899-yil) – oʻzbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarixchi, tarjimon va davlat arbobi.

Komil Xorazmiy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Buxl eliga demagil, ey zubdai davron soʻzung,
    Hayf etar, qadrini bilmay, siflai nodon soʻzung[1].
  • Gar oltin qasr esa johing, ulus holigʻa rahm etgil[1].
  • Gar qoʻymasang bu olam aro nakoʻnomligʻ,
    Oltunga sud topmagʻung otingni qoqtirib[1].
  • Ichib zahri qahringni xushnudmen,
    Kerakmasturur shahd-u sharbat mango[1].
  • Kima bir xizmat etsam aylagay oʻrnigʻa yuz tuhmat,
    Asalgʻa zahru, gul oʻrnigʻa sonchar xor bir soat.
    Kimakim oshnoligʻ ayladim izhor bir soat,
    Yetar afgonki nodon doʻstlarning ixtilotidan[1].
  • Maqsad yuzin hamisha ango koʻrguzur jahon,
    Har kimki, chashmi nuri xiraddin tihi erur[1].
  • Rizou sabr yoʻlida bulung sobitqadam, ahbob[1].
  • Tamaʼni tark et chiq goʻshai qanoataro,
    Sanga yoʻq oʻzga jahon ichra amniyat[1].
  • Ulki qilmaydur maoni bahriga gʻavvoslik,
    Koʻrmagay minchoqcha gar boʻlsa duri gʻalton soʻzing[1].
  • Vasl istama hajr ranji chekmay,
    Kim komini topti beriyozat[1].
  • Yaxshidur qoniʼu qashshoqu gʻani tamaʼidin,
    Tutti bu vajhdin oini qanoat shuaro[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.