Kichkina shahzoda

Antuan de Sent-Ekzyuperi muallifligidagi qissa

Kichkina shahzoda (fransuzcha: Le Petit Prince) — allegorik ertak, Antoine de Saint-Exupéryning eng mashhur asari. Birinchi marta 1943-yil 6-aprelda Nyu-Yorkda nashr etilgan. U butun dunyo boʻylab 140 million nusxadan koʻp sotilgan va eng koʻp xarid qilingan kitoblar roʻyxatidan joy egallagan.

Kichkina shahzoda
Vikipediya maqolasi
Wikimedia Commonsdagi media fayllari

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Kattalar baʼzan bolalarga qaraganda ertakga ko‘proq muhtoj bo‘ladilar.
  • Do‘sting bo‘lsa yaxshi-da, qo‘rqmay o‘limga ham boraversang bo‘ladi.
  • Ogʻizdagi soʻzga emas, amaldagi ishga qarab baho berish kerak.
  • Bu dunyodagi eng ogʻir ish – oʻingni tergash. Sud qilib, hukm chiqarish – oʻzgalarni sud qilishdan koʻra ming karra qiyinroq. Agar oʻzingni toʻgʻri sud qila bilsang, demak, chindan ham donishmand odam boʻlib chiqasan.
  • Hozir odamlarning biror narsani bilishga vaqti qolmagan.
  • Axir, izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo‘lib ko‘rinaveradi-da!
  • Hech qachon sabringni yoʻqotma, bu eshikni ochuvchi soʻnggi kalitdir.
  • Guling senga shuning uchun ham qadrliki, unga koʻnglingni bergansan.
  • Qalb bilangina koʻrmoq mumkin, koʻz bilan asosiylarini koʻrib boʻlmas.
  • — Nima qilyabsan?!
    — Koʻrinmayaptimi? Men kaktusni quchoqlayapman!
    — Axir uning tikani bor-ku!
    — Boʻlsa bordir. Nima boʻpti?
    — Joning ogʻrimayaptimi, axir?
    — Ogʻriyapti.
    — Unda nega bagʻringga bosyapsan?
    — Qanchalik tikanli boʻlmasin, uni shunchaki quchoqlashsa ham xursand boʻladi.
  • Baʼzida xotira pand beradi... Eslolmay qolasan kishi. Ammo shunday lahzalar boʻladiki, xotira pand bersa ham qalb eslatib turaveradi.
  • Agar birov seni deb boshqaga xiyonat qilsa, u bilan doʻstlashma, ertami-kechmi boshqa birov uchun senga ham xiyonat qiladi.
  • — Ha-a, — dedim ohista, — yulduzmi, uymi, sahromi, nimaiki boʻlmasin, undagi eng goʻzal narsa — koʻzga koʻrinmaydigan narsadir.
  • Doʻstlar va sevimli kishilarni sinamang, ular baribir sinovga bardosh bera olmaydilar.
  • Borish muhim, biror joyga yetib kelish emas, zero, biz faqat oʻlimga yetib kelamiz, xolos.
  • Mabodo kattalarga: „Men qizgʻin gʻishtli chiroyli bir uyni koʻrdim, derazasida yorongul ochilib turibdi, tomida kaptari bor“, deb aytsangiz, ular bu imoratni sira ham koʻz oʻngilariga keltira olmaydilar. Ularga: „Men yuz ming frankli uyni koʻrdim“, deb aytish lozim — shundagina ular: „Ana goʻzallig-u mana goʻzallik!“, deya xitob qiladilar.
  • — Sening sayyorangda odamlar bir bog‘da mingta atirgul o‘stirishadi, ammo izlagan narsasiga erisholmaydi.
    — Ha to‘g‘ri, — tan oldim men.
    — Zero, ular izlagan narsasini bir atirguldan ham topa olishlari mumkin. Nega shuni tushunmaydilar?
  • Odamlar izlagan narsani bir dona guldan, bir qultum suvdan ham topish mumkin. Eng muhimi — insonning inson bo‘lishi.
  • — Nima qilyapsan? — deb soʻradi Kichkina shahzoda.
    — Ichyapman, — javob berdi piyonista xoʻmrayib.
    — Nega?
    — Unutmoqchiman.
    — Nimani? — deb soʻradi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
    — Shu ishimning uyatligini, — dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.
    — Qaysi ishing? — deb soʻradi Kichkina shahzoda, boyaqishga yordam berishni jon-dilidan istab.
    — Ichishim uyat! — dedi piyonista va qaytib ogʻiz ochmadi.
  • Sizlar chiroylisiz, ammo dilingiz boʻm-boʻsh. Sizlarni deb odamning qurbon boʻlgisi kelmaydi.
  • — Odamlar qayerda, odamlar?
    — Bu yer sahro, sahroda odamlar yashamaydi.
    — Sahroda, harqalay, oʻzingni yolgʻiz sezar ekansan.
    — Odamlar orasida ham oʻzingni yolgʻiz sezaverasan.

Manbalar

tahrirlash