Jaloliddin Davoniy

Sharq olimi va faylasufi

Jaloliddin Davoniy (toʻliq ismi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as-Siddiqiy ad-Davoniy)(1427-yil – 1502-yil) – sharq olimi va faylasufi.

Jaloliddin Davoniy
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Adolat butun kamolot majmui bo‘lsa, yomonlik uning aksi, ya’ni butun kamchiliklar majmuidir[1].
  • Aflotundan soʻradilar: „Oʻqish-oʻrganish tokaygacha izzat va hurmatda boʻlgʻusi?“ U javob qildi: „Johillik nuqson, deb hisoblangunga qadar“[1].
  • Agar arz so‘raguvchilardan bo‘lmoqni xohlasang, qo‘ling ostidagilarni aziz tutgin[1].
  • Agar buzruk va donolardan bo‘lmoqni xohlasang, o‘z suratingni boshqalar oynasida ko‘rgin[1].
  • Agar xafalikdan uzoq yurmoqni xohlasang, qoʻlingdan nochor chiqib ketgan har narsaga g‘am yemagin[1].
  • Hokimiyat jilovi odil podshoh qo‘lida bo‘lsa, hamma adolatli bo‘lishga va yaxshi xislatlarni egallashga intiladi. Aksincha bo‘lsa, xalq yolg‘onchilik va boshqa yaramas hatti-harakatlarga moyillik ko‘rsatadi[1].

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.