Jahongir Ortiqxoʻjayev

oʻzbekistonlik tadbirkor (1975–)

Jahongir OrtiqxoʻjayevToshkent shahrining sobiq hokimi. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa — sohil boʻyi, Choshtepa turar-joy, Artel, Discover Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan.

2019-yil tahrirlash

Har qanday biznes yaxshi, agar jasorating boʻlsa![1]

Meni sudga bering! Qayerga istasangiz. Boring, Xudo haqqi meni sudga bering! Siz meni ayblayapsiz, xuddi men ataylab qilganday! Boring, qayerga istasangiz boring! Men bu ishlardan charchadim. Istasangiz prezidentga boring, istasangiz Xudoga boring!.. Men siz bilan xotirjam gaplashib, bu masalani hal qilmoqchi edim. Endi istasangiz, shikoyat qilib Bryusselga boring, marhamat! Hech kim men bilan bunday gaplashishga haqli emas, men nafaqat hokim, balki shu mamlakat fuqarosiman, xuddi siz kabi. Qayerga borsangiz boring! Istasangiz – isyon qiling, istasangiz – piketga chiqing. Men nima qila olaman? Men qonunga qarshi bormayman. Men harakat qildim. Buning uchun sizlar bilan uch marta uchrashdim. Muammolaringizni sud hal qiladi, men bu muammolardan charchadim. Men buni hal qila olmayman, tushunyapsizlarmi?

Erlaring bormi sanlarning oʻzi, bolalaring bormi, gʻurur bormi? Musulmon ayol erkak kishi gapirganda yerga qarab jim oʻtiradi[2].

Manbalar tahrirlash

 
Wikipedia