Zulqarnayn
Islomda Yaʼjuj va Maʼjujdan himoya qiluvchi devor qurgan buyuk shoh
(Iskandar Zulqarnayndan yoʻnaltirildi)
Zulqarnayn (arab. „ذو القرنين“ — ikki shoxli) — musulmonlar orasida tarqalgan qadimiy rivoyatlarga koʻra, dunyoning Chin (Xitoy) ga qadar yerlarini zabt etib, u yerda yaʼjuj va maʼjuj yoʻliga ulkan toʻsiq qurgan podshoh.
Zulqarnayn | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Iskandar Zulqarnayn aytgan edi: „Kishi oʻzining oliy himmati bilan azizdir. Mard shunday kishiki, gapirmasdan turib, qilmoqchi boʻlgan ishini ado qiladi. Nomard kishi gapirib turib ham ado qilmaydi. Yana undan soʻradilar: „Qanday qilib jahonga ega boʻlding?“. U dedi: „Hakimlarning soʻziga va maslahatiga amal qildim, ulugʻlarning ishini kichiklarga va kichiklarning ishini esa ulugʻlarga buyurdim!“[1]
Manbalar
tahrirlash- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.