Heinrich Heine
Heinrich Heine (13 dekabr 1797-yil; 17-fevral 1856-yil) — olmon jurnalisti, esseisti hamda shoiri. U ayniqsa oʻzining lirik sheʼrlari bilan mashhurdir; bu sheʼrlarga koʻplab qoʻshiqlar bastalangan.
Heinrich Heine | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Yozuvchi oxir-oqibat o‘z o‘quvchisiga o‘rganadi.
- Odam qancha baland bo‘lsa, kulgiga shuncha oson nishon bo‘ladi; maydalarni mo‘ljalga olish qiyin.
- Nuqson katta bo‘lsa, kamroq g‘azablantiradi.
- Olmon tili aslida boy, lekin so‘zlashuv tilida ana shu boylikning o‘ndan biridangina foydalanamiz. Fransuz tili esa aslida kambag‘al, lekin fransuzlar og‘zaki nutqda uning bor imkoniyatidan foydalana oladi, shu bois ham amalda so‘zamollar.
- Bahorning latofati ko‘pincha qishda bilinadi — pechka yonida o‘tirib may haqida sheʼrlar yozasan.
- Qahramonlar ketgan paytda maydonga masxarabozlar chiqadi.
- Ayollarning nafrati ham muhabbat — faqat yo‘nalishi o‘zgargan.
- Barcha sog‘lom odamlar hayotni sevadi.
- Biz xalqning insoniy huquqlari uchun emas, ilohiy huquqlari uchun kurashamiz.
- Muhabbat! U barcha tuyg‘ularning ulug‘i va viqorlisidir. Lekin uning qudrati hadsiz himmat va g‘ayrishuuriy xolislik bilangina namoyon bo‘ladi.
- Go‘zal qofiyalar ko‘pincha oqsoq fikrlarning qo‘ltiqtayog‘i bo‘ladi.
- Auffenbergni o‘qimaganman. Menimcha, u Arlenkurga o‘xshasa kerak. Uniyam o‘qimaganman.
- Axloq — yurakning oqilligidir.
- Har bir odam — bir olam. Bu olam u bilan tug‘iladi va o‘ladi. Har bir qabrda butun bir dunyo tarixi yotibdi.
- Men biladigan yagona go‘zallik sog‘liqdir.
- Butun boyligimni xotinimga vasiyat qilaman. Faqat bir shart bilan: u mendan keyin turmushga chiqishi kerak. Shunda dunyoda bitta bo‘lsa ham mening o‘limimga yig‘laydigan erkak bo‘ladi.
- Muhabbat qalbdagi tishog‘rig‘idir.
- Har kim ahmoq bo‘lish huquqiga ega.
- Aqlli kishilar ichida fikrlaydi, ahmoqlar esa hammaga eʼlon qiladi.
- Ayolni gulga ilk bor qiyoslagan kishi shoir edi, ikkinchi bor o‘xshatgan esa — merov.
- Yoshlik fikr va o‘yda xolisdir, shu sababli haqiqatni chuqurroq anglaydi va his etadi.
- To‘y musiqalari menga doim urush oldidan chalinadigan dovulni eslatadi.
- Tumshuqbog‘ tutilgan it orqadan huradi.
- O‘sha kunlarda menga har kim do‘st edi: ular ovqatimni, so‘nggi tiyinimni men bilan birodarlarcha bo‘lishdilar.
- Bekorchi odam to‘kis baxtni his qila olmaydi, uning yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini ko‘rasiz.
- Talantni birgina belgisida aniqlaymiz-qo‘yamiz, lekin xarakterni bilish uchun uzoq vaqt va davomli muloqot zarur.
- Bizni yig‘lata olgan dramaturgni maqtashga odatlanganmiz. Biroq bu ishni har qanday piyoz uddalay oladi.
- Tarjimon tug‘ma isteʼdod egasi bo‘lishi kerak. U kitobdagi eng muhim va eng yaxshi jihatni ko‘rishi va ko‘rsata bilishi zarur.
- Tanqidning ko‘zlari yoshdan xira tortgan paytda uning fikri ahamiyatga ega emas.
- Kechmish — inson qalbining vatanidir. Baʼzida oldin tuygan hislarimizni qo‘msab qayg‘uga botamiz. Baʼzan hatto o‘tgan dardlarimizni ham sog‘inamiz.
- Iztiroblar — hatto tasavvurdagisi ham — menga og‘riq beradi.
- Mehr go‘zallikdan ustundir.
- Yumorni aqlsizlar uyidan faqat panjara ajratib turadi.
- Qilich taqib yurish urfdan qolgandan so‘ng gapga ustalik qurolini olib yurish zarur bo‘lib qoldi.
- Buyuk ehtiros bizni ikkinchi bor yo‘qlab kelishi mumkin, lekin uning boqiyligiga keyin ortiq ishonmay qo‘yamiz.
- Tugal nasriy asar yozish uchun sheʼr ilmining ham bilimdoni bo‘lish zarur.
- Buyuk shoirlarning asarlarida ikkinchi darajali qahramonlar yo‘q. Barcha ishtirokchilar o‘z o‘rnida bosh qahramondir.
- Har bir davrning o‘z masalalari bo‘ladi, ularni yechib, insoniyat olg‘a qadam tashlaydi.