Gyustav Flober
Fransuz yozuvchisi
Gyustav Flober (2-dekabr 1821-yil, Ruan; 8-may 1880-yil, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi.
Gyustav Flober | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Yozuvchining butun isteʼdodi oxir-oqibat so‘z tanlashi bilan o‘lchanadi.
- Dramatik sanʼat musiqaga o‘tgan geometriyadir.
- Ayollar erkaklarni buyuk ishlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oshirgani vaqt qoldirmaydilar.
- Kitob — tirik jon. Begona qo‘l bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday o‘zgarish uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxshilanar, lekin baribir ilgarigi kitob bo‘lmaydi!
- Agar reja juda uzoq vaqt va sinchiklab tuziladigan bo‘lsa, u oxir-oqibat yo‘q bo‘ladi.
- Umidsizlanganingda hamisha umid qilishing, umidlanganingda esa shubhalanishing kerak.
- Vijdonni toza saqlash uchun uni boshqalarning vijdonidan baland tutish kerak.
- Agar isteʼdodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan chopmaysan.
- Anglash ishtiyoqi — yorug‘ qalblar uchun buyuk quvonchlar manbaidir.
- Statistika — noaniq fanlarning eng anig‘idir.
- Xotirjam bo‘lish — hazilakam gap emas, bu — deyarli baxtli bo‘lish demakdir.
- Bahslashish tushunishdan ko‘ra osonroq.
- Omadsizlikka uchragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini ko‘rishdan ko‘ra og‘irroq kamsitish yo‘q.
- Yolg‘izlikni xotiralar bilan to‘ldirib bo‘lmaydi, ular tanholikni chuqurlashtiradi, xolos.
- Yaxshi yozilgan asar hech qachon zeriktirmaydi. Uslub — hayotning o‘zi, u fikrlarning yugurik qonidir.
- Yozuvchi salohiyatining bosh belgisi — nimani yozmaslikni bilishidir.
- Muhabbat baxt berishi kerak. Baxt yo‘qmi, demak, adashibsan.
- Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi.
- Mavzu tanlanmaydi. Shoh asarning siri shunda: mavzu — yozuvchining mijozi ifodasidir.