Friedrich Schiller
Friedrich Schiller (talaffuzi: Fridrix Shiller)(10-noyabr 1759-yil; 9-may 1805-yil) — nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, sanʼat nazariyotchisi. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan.
Friedrich Schiller | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikimanbadagi asarlar | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash- Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan o‘tkazadilar[1].
- Zulmni murosasiz yomon ko‘radigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin[1].
- Ishni tezroq tugallash harakatida bo‘l[1].
- Iroda inson bolasining o‘ziga xos sifatidir, aql esa irodani boshqarish uchun o‘zgarmas qoidadir[1].
- O‘z topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yo‘qotadi.
- Ishongan odam boshqalarni ham oson ishontiradi[1].
- Sheʼriy asar o‘zini o‘zi himoyalashi kerak. Harakat gapirmaydigan joyda so‘z foyda berishi dargumon[1].
- Ishni yarim yo‘lda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yog‘i nima bo‘lar ekan, deb og‘zini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir[1].
- Rasmga mahliyo bo‘lib, uni chizgan kishini butunlay unutib qo‘yganimiz, aslida, rassomga eng katta maqtovdir[1].
- O‘zini boshqara oladigan odamgina erkindir[1].
- Har qanday g‘alabadan ustun narsa kechirimdir[1].
- Yaxshi aktyorlar uchun yomon rol yo‘q[1].
- Mardonalik instinktga qarshi kurash ifodasidir[1].
- Nomus hayotdan azizroq[1].
- To‘g‘rilik har qanday unvonni bezaydi[1].
- Yo‘qotilgan daqiqani hatto abadiyat ham qaytara olmaydi[1].
- Odam maqsadlari kattargani sari ulg‘ayib boradi[1].
- Minnatdorlik eng tez unutiladigan narsadir[1].
- Ota-onalar o‘zlarining nuqsonlarini bolalarida ko‘rganlarida ko‘proq jahllanadilar[1].
- Tabiatga qarshi bo‘lgan narsa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi[1].
- Yaramas ishlarning oxiri voy: ular yangi-yangi qabihliklarni keltirib chiqaradi[1].
- Faqat qatʼiyatgina maqsadga eltadi[1].
- Oʻzini koʻrsatishning eng jirkanch usuli — ojizlarni ezib uyaltirishdir[2].
- Hech narsaga jasorat qilmagan inson hech narsadan umid qilmasin[2].