Imomxoʻjayev Diyor Abrorovich (1989-yil 22-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, futbol sharhlovchisi, 2020-yil 1-iyundan hozirgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori.

Diyor Imomxoʻjayev
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Mashhur sport sharhlovchisi va futbol hakami Axbor Imomxoʻjayevning nabirasi.

Iqtiboslari tahrirlash

2021 tahrirlash

Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. Oʻzbekistonda 16-30 yoshlar oraligʻidagi yoshlarni oʻzida qamrab olgan bu kabi keng koʻlamli musobaqalar kam. Har bir mahalla oʻz shaʼnini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yoʻlida kurashga kirishgani juda xursand qildi. Tashkiliy masalada qiyinchiliklar boʻldi. Lekin ishtirokchilarning koʻzlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi[1].

2022 tahrirlash

Koreyaning yetakchi futbolchilari Yevropaning kuchli chempionatlarida oʻynaydi. Biznikilar esa Koreyaning 1-ligasida. Shunday ekan, qanday qilib hujumda oʻynashimiz mumkin? Abramov himoyalanishni bilmaydi. U buni bir necha marotaba isbotlagan. Oʻzbekistonni Olimpiadadan mosuvo qilganda ham, klublarda ishlaganda ham, 6 talab gollar oʻtkazgan. U avantyurist murabbiy. Shuning uchun unga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonmaganman, ishonmayman ham[2].

Manbalar tahrirlash