Dima Qayum

Oʻzbekistonlik bloger

Dima Qayum (3-avgust 1983-yil) — bloger, tadbirkor, hunarmand, “Menkim, Dima Qayum” nomli kitob muallifi.

Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Bundan 17 yil oldin o‘qishga kirmoqchi bo‘lib imtihonga yo‘l olayotsam, bir qiz “Hoy, senga kim qo‘yibdi? Borib molingni boq”, degandi. Shu-shu o‘qimay, bozorda pechka sotdim va o‘sha qiz har kuni o‘sha gaplarini qayta-qayta aytaveradi...[1]
  • Talablarga binoan qo‘shiqlar
    Paxtaga chiqayotgan o‘qituvchilar uchun Ozodbek Nazarbekovni “Hokim qasam ichmaydi...” Iya, uzr! “Yigit qasam ichmaydi, yigitning so‘zi qasam!”
    Kaltak yegan o‘qituvchilar talabiga binoan: “Kimligini aytmayman!” (Oxunjon Madaliyev)
    Kaltak yegan doktor uchun: “Bos, bos, qamchi bos!” (Hosila Rahimova)
    Dollar sotib, naqd dollar sotib ololmayotganlar uchun: “Afsusdaman” (Manzura)
    Qora bozorchilar talabiga binoan: Ozodbek ijrosida “Kechir” qo‘shig‘i!
    Yo‘llar asfalt bo‘ladi, deb va'da berib, lekin bajarmaganlar talabiga binoan: Shahzod guruhidan “O‘ynaysan” qo‘shig‘i.
    Chiroq-gazchilar talabiga binoan: Yulduz Usmonova va Tohir Sodiqov “Undan nimam kam?”[2].
  • Postlarni buzib tashlasa, chiqqan materiallarini menga berishsa, yaxshilab qayta ishlab, pechka yasab sotardim[3].
  • Robot onaning qiziga nasihati: “u yigit senga uylanmaguncha, chipingni ko‘rsatma, xo‘p”[4].