Demonax (talaffuzi: Demonakt, milodiy II asr) — yunon faylasufi.

  • Doʻstingdan bilgan sirni, u bilan dushman boʻlib qolganingdan keyin, oshkor qilma. Sen dushmaningga emas, doʻstlikka zarba berasan.
  • Hech nimadan umidvor boʻlmagan va hech nimadan qoʻrqmaydigan kishini men hur odam, deb hisoblayman.
  • Qonunlar, yaxshi odamlar uchun ham, yomon odamlar uchun ham, befoydadir. Birinchilari qonunlarga muhtoj emaslar, ikkinchilari qonunlar tufayli yaxshi boʻlib qolmaydilar.
  • Tilingga qaraganda, koʻproq quloqlaringdan foydalan.
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor: