Atoiy yoki Otoyi (taxallusi; asl ismi maʼlum emas; XV asr, Balx) – turkiy lirik shoir.

Atoiy
Vikipediyadagi maqola



Iqtiboslar

tahrirlash
  • Ishq ramzidin agar bir qilcha fahm etsa faqih,
    Tark etar erdi qamuq fatvoyu qilu qolni[1].
  • Kishi jahonda rizo birla tarki jon etmas,
    Magarki sendin ayirgʻay, begim, qazo bizni.
  • Koʻzlaring gar toʻksa qonim, jon anga boʻlsin fido,
    Kim, jafo ayni vafodur yergʻa sevgan yeridin[1].
  • Men netay bogʻu bihishtu qasri xuldu hurni,
    Chun menga bir dam visoling yaxshiroqtur boridin[1].
  • Murodim boʻlmasun hargiz muyassar,
    Koʻngulda sendin oʻzga boʻlsa matlub[1].
  • Otoyigʻa bihishti jovidondur,
    Sevar yeri birla bir lahza diydor[1].
  • Oshiq ermas ul mahvashkim, tilar zar birla vasl[1].
  • Tabassum qilsa laʼling jon bagʻishlar,
    Magar Isoyi Ruhulloh sensen[1].
  • Tilar el mansabi oliy va lekin,
    Otoyi sarvi ozodingga banda[1].
  • Yuzing xursheddek tobanda boʻlsin,
    Jamoling to abad poyanda boʻlsin.
    Takallum qil, sochilsun durru gavhar
    Tabassum qil, jahon purxanda boʻlsin[1].
  • Zinhor ishq ishin usal tutma, ey koʻngul,
    Osoni mushkul erur aning mushkilottin[1].
  • Gʻanimat tut jamolu husn davrin,
    Masaldurkim: „Yana bu dam topilmas“.
    Vafo qilkim, yigitlik boʻstoni,
    Hamisha tozayu xurram topilmas…[1]

Manbalar

tahrirlash
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.