Aragon Lui

Fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi

Aragon Lui (3-oktyabr 1897-yil; 24-dekabr 1982-yil) — fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi.

Aragon Lui
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar

tahrirlash
  • Men bu kitobni ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan davrni qiyoslab bo‘lmasligini ko‘rsatish uchun yozdim. O‘tmishni bugungi kundan kelib chiqib muhokama qilish yoki izohlashdan ko‘ra johilona ish yo‘q.
  • Quyosh hamisha ishqibozlarining ko‘zini qamashtirgan.
  • Agar ko‘ksimni tilsangiz, u yerdan Parijni topasiz.
  • Adabiyot mamlakat uchun juda muhimdir, mohiyatiga ko‘ra, uning yuzi deyish mumkin.
  • Biz ko‘pincha yo‘q joydan muammolar o‘ylab topamiz.
  • Ajoyib kechalarning birida kelajak o‘tmish deb nom oladi. Bu payt ortingga qaraysan-da, olislayotgan yoshligingni ko‘rasan.
  • Baʼzida g‘olib bo‘lish uchun chekinishga, qo‘lga kiritganingdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
  • Odam nimadan hayratlansa, o‘shani ko‘ngliga yaqin oladi.
  • Optimizm buyuk kishilarning ziynatidir.
  • Dunyo yolg‘onchi guvohlarga to‘la.
  • Rashk bu — jon joying­­ga to‘xtov bilmay sanchilayotgan ignadir.
  • Odamlar ko‘pincha o‘zlarining vaqtinchalik baxtsizliklarini dunyodagi eng muhim narsa deb hisoblaydilar.
  • Faqat mehnatgina insonning qiyofasini o‘zgartira oladi.
  • Davrimizning ziynati yorqin shoirlardir. Angliyada — Kipling, Fransiyada Apolliner va Elyuar, Germaniyada Rilke, Rossiyada — Mayakovskiy va Yesenin, Armanistonda — Charens va Isaakyan. Bu mayoqlar bir-bir so‘nganda go‘yo dunyo zulmatga cho‘mganday bo‘ldi.
  • Tanqid muddatsiz surgundir.
  • Taʼlim berish – umid urug‘ini ekish demakdir.
  • To‘g‘rilik ko‘pincha muhokama qilinmaydi.
  • Yoshlar orzu qiladi. Qarilar eslaydi.
  • Hayotda hech bir narsa biz tasavvur qilgandek bo‘lmaydi.

1. Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!