Amrillo Inoyatov
Amrillo Shodiyevich Inoyatov (13-noyabr, 1979-yil, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi.
Amrillo Inoyatov | |
Vikipediyadagi maqola | |
Vikiombordagi fayllar |
Iqtiboslar
tahrirlash2023-yil
tahrirlashBemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga barakasini berib ketadi[1][2].
Oʻtgan yilning 23-24-dekabr kunlari voqeani eshitib, darhol shugʻullanganman. 2023-yilning 10-yanvariga qadar 17 ming nafar hamshira va brigadalarimiz xonadonma-xonadon yurib, sirop va preparatlarni yigʻib oldi. Oʻsha vaqtda prezidentimiz topshirigʻiga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari ham ushbu masalada ish boshlagan edi. Idora xodimlari barcha dorixonalarni inventarizatsiya qilib, siroplarni yigʻishtirib oldi. Samarqand viloyatidagi bosh shifokor masalani koʻtarib, bu preparatdan ekani haqidagi axborot bizga etib kelgunga qadar shifokorlarimiz boshqa kasallik boʻyicha tashxis qoʻyib ishlashgan. Odatda bolalarda oʻtkir buyrak yetishmovchiligi gripp va oʻtkir ichak kasalliklarini asorati sifatida keladi. Bemor bolalar shunga mos ravishda protokol boʻyicha davolagan. Shifokorlarimiz preparatdan zaharlanish boʻlganini bilmagan. Agar bilganida yondashuv mutlaqo boshqacha boʻlib, har bir bolani hayotini saqlab qolish mumkin edi[3].
Manbalar
tahrirlash- ↑ "Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid" — Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifiga munosabat bildirdi.
- ↑ Amrillo Inoyatov shifokorlarning fuqarolar tomonidan rag‘batlantirilishini yoqladi. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi.
- ↑ Sogʻliqni saqlash vaziri: „Dok-1“dan yana 100 nafar bola oʻlishi mumkin edi"