Mustafa Mahmoud

Misrlik doktor, yozuvchi va faylasuf

Mustafa Mahmoud (talaffuzi: Mustafo Mahmud)(27-dekabr 1921-yil; 31-oktyabr 2009-yil) — Misrlik doktor, yozuvchi va faylasuf.

Mustafa Mahmoud
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar tahrirlash

  • Gapirish oson. Orzu-umid qilish gapirishdan ham oson. Xomhayolni hamma ham qilaveradi, lekin azmu shijoatli kishilargina muvaffaqiyatga erishadi[1].
  • Allohdan qoʻrqish shijoatdir. Unga ibodat qilish hurriyatdir. Unga xorlik izhor etish karomatdir. Uning maʼrifati kuchli ishonchdir[1].
  • Xato sodir boʻlgan zahoti nadomat chekish sof tabiatning ovozidir[1].
  • Moddiy narsalar maʼnaviy narsalardan muhim boʻlganida, jasad yerga koʻmilib, ruh osmonga koʻtarilmagan boʻlur edi[1].

Manba tahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.