Jomiy
Jomiy (7-noyabr 1414-yil, Jom; 9-noyabr 1492-yil, Hirot) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
Jomiy | |
Vikipediyadagi maqola |
Iqtiboslar tahrirlash
- Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim.
- Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bo‘lgani taqdirda ham, u saxovat emas.
- Kimning qo‘lida quyidagi besh narsa jilovi bo‘lsa, yaxshi hayotining garovi bo‘lur: birinchisi — tansihatlik, ikkinchisi — omonlik, uchinchisi — rizqining mo‘lligi, to‘rtinchisi — sodiq do‘st va beshinchisi — farog‘at. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan — xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.
- Kichiklarga hazil-u istehzo o‘qin otmoq — ulug‘lik obro‘sin bekorga sotmoq va zillat-u xorlik g‘uboriga botmoqdir.
- Agar och bo‘lsang, har qanday osh-non senda qattiq ishtaha qo‘zg‘atadi. Sen bilan o‘tirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uyg‘otadi.
- Erta tongda og‘zingga biror luqma ovqat tiqmay eshikdan chiqma, chunki to‘qlik xushmuomala va chuqur mulohaza moyasi, ochlik esa yengiltaklik va aqlsizlik doyasidir.
- Sofdil oshiqlardan latifroq kishi olamda topilmas.
- Agar mezbon dasturxon atrofida o‘zini hamma neʼmatlardan baland tutsa, uning nonidan o‘z jigaring aʼlo va uning sharbatidan o‘z qoning bajo.
- Bir shoir o‘qidi bemaza g‘azal,
Dedikim, alifsiz yozdim, bu aʼlo.
Dedimki, eng yuksak sanʼat bo‘lurdi,
Sheʼring so‘zlari ham bo‘lmasa aslo. - Tish-tirnoq qolmagan keksa sherni ko‘r,
Cho‘loq tulki unga beradi ozor. - Nuqsonli tabib hammaga balo, misoli vabo.