Hasan al-Basriy (taxminan: 642-yil; 15-oktyabr 728-yil) — ilk sunniy musulmon voiz, ilohiyotchi, tafsirchi, olim, qozi va tasavvufchi edi.

Hasan al-Basriy
Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:Sources' not found.
Vikipediyadagi maqola
Vikikitobdagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Iqtiboslar tahrirlash

  • Neʼmat berilgan paytda hamma bir xil. Sinov paytida esa hamma har xil[1].
  • Savob ish qalbga nur va badanga quvvat boʻlur. Gunoh ish qalbga zulmat va badanga behollik boʻlur[1]
  • Shunday qavmlarni koʻrdimki, ayblari yoʻq edi. Lekin birovlarning aybini gapira boshlaganidan keyin, Alloh ularning oʻzlarini ham gunohkor qilib qoʻydi. Yana bir qavmlarni koʻrdimki, ayblari bor edi. Birovlarning aybini aytishdan tilni tiyishgan edi, Alloh ularning ayblarini yashirdi[1].
  • Odamlarga soʻzing bilan emas, amaling bilan vaʼz-nasihat qil — ibrat boʻl![1]
  • Halovatni 3 narsadan — namozdan, Qurʼondan va zikrdan qidiring. Topsangiz, davom eting. Topa olmasangiz, bilingki, eshik yopiqdir[1].

Manba tahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Anvar Ahmad. Saodatga yetaklovchi hikmatlar, (birinchi kitob), Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2018 — 320-bet.