Abu Rayhon Beruniy
Abu Rayhon Beruniy (4-sentyabr 973-yil, Kat, Xorazm, – 13-dekabr 1048-yil, Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan.
Abu Rayhon Beruniy | |
Vikipediyadagi maqola |
Iqtiboslar tahrirlash
- Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi[1].
- Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi[1].
- Odamlarning tuban darajalisi ham o‘zidan tubanroq bo‘lgan birovga egalik va raislik qilishdan xoli emas[1].
- Har bir yangi narsada lazzat bor[1].
- Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir[1].
- Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni bekorga yeb yotadiganlarini o‘ldirib tashlaydilar[1].
- Minnat qilish berilgan ehsonni yo‘qqa chiqaradi[1].
- Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi bo‘lmabdi[1].
- Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa[1].
- Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi[1].
- Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi[1].
- Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o‘rtaga kirib olishi bilan ish to‘g‘ri bo‘lmaydi[1].
- Oʻz istagiga erishishga taqdir yordam bermagan kishiga malomat qilinmaydi[1].
- Odamlar yoqtirgan kishilari tarafini olib, yomon ko‘rgan kishilarini ta’na qilishadi[1].
- Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi[1].
- Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi[1].
- Ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzalroqdir[1].
- Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab — odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida bir-biriga ehtiyoj tug‘ilishidir[1].
- Hayvonlarning tabiatlarida kushandalaridan nafratlanish, dushmandan o‘zini qo‘riqlash bor[1].
- Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va kuduratli qilib yuboradi[1].
- Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi[1].
- Ilmning turi koʻp. Ularning soni yanada ortadi, qachon-ki insonlar ilmga eʼtibor bersa va ziyolilarni qadrlasa. Bu ishni eng birinchi qilishi kerak boʻlganlar — rahbarlardir[2].